Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA MAHALLA OBODLIGI BO‘YICHA ISHLAR SAMARALI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA TADBIRKORLIK LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
TURVAT MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA BANDLIK VA TADBIRKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH VA TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
XONARIQ MAHALLASI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH YO‘L XARITALARI BO‘YICHA O‘RGANILDI
Farg‘ona tumanida “Paxta–2025” yig‘im-terimi uyushqoqlik bilan davom etmoqda

 Farg‘ona tumanida “Paxta–2025”
yig‘im-terimi uyushqoqlik bilan davom etmoqda
 

  

Farg‘ona tumanida paxta yig‘im-terim
mavsumi yuksak uyushqoqlik, mas’uliyat va mehnat shijoati bilan kechmoqda. Yurtimiz
ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan fermerlar,
ishchi-xodimlar va terimchilarning hamjihat mehnati tufayli katta yutuqlarga erishilmoqda.
 

Shuning yorqin namunasi
sifatida, Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Atxam Xamdamov rahbarlik
qilayotgan "Mindon" hududidagi
"Navsinash" fermer xo‘jaligi (DNSU)
2025-yilgi paxta rejasini
belgilangan muddatdan oldin bajarishga muvaffaq bo‘ldi.
 

Bu yutuq – yurtga sadoqat,
mehnatga muhabbat va hamjihatlik samarasidir.
 

Shu munosabat bilan
xo‘jalikda tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda mehnatda fidoyilik ko‘rsatgan
ishchilar, ilg‘or terimchilar, traktorchilar va xo‘jalik a’zolari alohida e’tirof
etilib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
 

Farg‘ona tumani hokimi
Xamidullo Inomov tadbirda ishtirok
etib, mehnatkashlarni samimiy tabrikladi. U o‘z nutqida paxtakorlarning yurtimiz
taraqqiyoti va iqtisodiy barqarorligiga qo‘shayotgan hissasini alohida ta’kidlab,
ularga minnatdorlik izhor etdi.
 

Tadbirda, shuningdek,
hosilni asrab-avaylab, sidqidildan terimga bel bog‘lagan ilg‘or terimchilarning
tashabbuslari yuksak baholandi.
 

Bu kabi mehnat zahmati
va yutuqlar Farg‘ona tumanining yuksak salohiyatidan darak berib, xalqimizda «birdamlik
va mehnat – taraqqiyot garovi» ekanini yana bir bor amalda namoyon etmoqda.
  

Slide 1 of 2