Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA MAHALLA OBODLIGI BO‘YICHA ISHLAR SAMARALI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA TADBIRKORLIK LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
TURVAT MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA BANDLIK VA TADBIRKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH VA TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
XONARIQ MAHALLASI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH YO‘L XARITALARI BO‘YICHA O‘RGANILDI
Yoshlar bilan yuzma-yuz

Bugungi kun yoshlari – ertangi kun jamiyatining poydevori, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ularning har tomonlama yetuk, bilimli va sog‘lom bo‘lib voyaga yetishi esa, jamiyat va davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda, Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Fotima Dexqonova Ahmat Yassaviy mahallasida joylashgan 79-umumta’lim maktabida bo‘lib, yuqori sinf o‘quvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida deputat o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishi, sport va fan yo‘nalishidagi to‘garaklarga faol qatnashishi, bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish borasidagi fikr va mulohazalarni tingladi. Shuningdek, yoshlarning orzu-intilishlari, kelajakdagi rejalari, kasb tanlashdagi yondashuvlari haqida ochiq suhbat bo‘ldi.

F. Dexqonova o‘z chiqishida har bir o‘quvchini zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashga, sport bilan shug‘ullanish orqali sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga, to‘garaklarda faol ishtirok etish orqali iqtidorini yuzaga chiqarishga undadi. "Bugungi kichik yutuqlaringiz — ertangi katta zafarlaringizning poydevoridir", — deya ta’kidladi u.

Muloqot so‘ngida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar, fikr-mulohazalarini bayon etdilar. Deputat esa ularning har bir savoliga e’tibor bilan yondashib, samimiy va hayotiy javoblar berdi. 

Slide 1 of 2