Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA IJTIMOIY YORDAM VA XIZMATLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIGA BAG‘ISHLANGAN MAQOLALAR “TOSHLOQ TONGI” GAZETASIDA CHOP ETILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMAN KENGASHINING “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA” DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
янв.21
TOSHLOQ TUMANIDA DEPUTAT VA HOKIM YORDAMCHISINING HAMKORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
QO‘RG‘ONCHA OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKTIDAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADA YOSHLARNI SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHIGA E’TIBOR QARATILMOQDA.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
DEPUTATLAR “NKMK TARIXI” MUZEYI BILAN TANISHDI

DEPUTATLAR “NKMK TARIXI” MUZEYI BILAN TANISHDI

➡️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tashabbusi bilan xalq deputatlari mahalliy kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish, o‘zaro tajriba almashish, xalq deputatlari Navoiy viloyati, tuman va shaharlar Kengashlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Buxoro viloyati mahalliy kengashlari deputatlari Navoiy viloyatida bo‘lib turibdi.

Bugun deputatlar “NKMK tarixi” muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Tashrif buyuruvchilarda muzey ko‘rgazmasidan joy olgan 1,5 mingga yaqin eksponatlar, jumladan, sohaning eng qadimgi davrlardan hozirga qadar bo‘lgan taraqqiyoti, kombinat tarixi va rivojlanishiga doir eksponatlar, maketlar va turli nomdagi adabiyotlar tashrif buyurganlarda katta taassurot qoldirdi.

- Haqiqatda, muzey tarixiy davrlarga, shu jumladan, Navoiy kon-metallurgiya kombinati taraqqiyot yo‘li haqida hikoya qiluvchi eksponatlarga boy ekan. Tarixga qiziqqanim bois, muzeyning birinchi zaliga qo‘yilgan eng qadimgi davr, yaʼni, eneolit, bronza, temir, antik davrlarga oid burchaklar menda katta qiziqish uyg‘otdi. Shu davrlarga doir maʼlumotlar, arxeologik yodgorlik va topilmalar, ko‘plab tog‘ jinslari, tabiiy qazilmalar, Qizilqumda qadimgi konlarning joylashuv sxema-xaritasi, yuz million yil oldin yashagan o‘rdakburun dinozavrning katta boldir suyagi, tosh daraxt namunalari, Uchquduqdagi tosho‘rmon fotosuratlari, qadimgi mehnat qurollari, ro‘zg‘or buyumlari, turli taqinchoqlar va boshqa noyob ko‘rgazmalar har qanday kishining diqqatini tortishi tabiiy. Bu ekskursiya barchamiz uchun har tomonlama qiziqarli bo‘ldi, - deydi xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashi deputati Alijon Safarov.

Shuningdek, deputatlarga Navoiy kon-metallurgiya kombinati tarixi, keyingi yillarda amalga oshirilgan ishlar, ishga tushirilgan yangi korxonalar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar hamda kelgusi rejalar haqida ham batafsil axborot berildi.

Slide 1 of 7