Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA IJTIMOIY YORDAM VA XIZMATLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIGA BAG‘ISHLANGAN MAQOLALAR “TOSHLOQ TONGI” GAZETASIDA CHOP ETILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMAN KENGASHINING “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA” DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
янв.21
TOSHLOQ TUMANIDA DEPUTAT VA HOKIM YORDAMCHISINING HAMKORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
QO‘RG‘ONCHA OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKTIDAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADA YOSHLARNI SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHIGA E’TIBOR QARATILMOQDA.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
Deputat o‘z saylovchilari oldida axborot berdi.

2025 yilning 11 iyul kuni 54-Urgut saylov okrugidan saylangan, Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati Nilufar Ja’farova o‘z saylovchilari oldida axborot berdi. 

Yig‘ilish, saylovchilar va deputat o‘rtasida ochiq muloqot o‘rnatishga, deputatning faoliyati bo‘yicha hisob berishga hamda jamoatchilik fikrini tinglashga xizmat qiladi. 

Nilufar Ja’farova o‘z axborotida amalga oshirilgan loyihalar, ijtimoiy dasturlar va saylovchilarning manfaatlarini himoya qilish uchun ko‘rilgan chora-tadbirlarga e’tibor qaratdi va mazkur davr mobaynida aholi uchun chiqarilgan so‘rovlar va ularning natijadorligi to‘g‘risida ham qisqacha gapirib o‘tdi. U o‘z faoliyatining asosiy maqsadi saylovchilarning ehtiyojlarini qondirish va ularning fikr-mulohazalarini inobatga olish ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Uning fikriga ko‘ra, saylovchilar bilan muloqot, ularning fikrlarini tinglash va iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi muammolarni birgalikda hal qilish muhim ahamiyatga egaligini ham ta’kidladi.

Uchrashuv davomida saylovchilar o‘z fikrlarini ochiq ifoda etib, munosabatlar va takliflar bilan chiqishdilar. Ular ko‘targan masalalar, asosan, infratuzilma, ta’lim, yo‘l harakatlari, suv hamda elektr tarmoqlari, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya sohalariga oid bo‘lib, deputat bularni hal etish bo‘yicha qanday ishlar olib borilayotgani haqida batafsil ma’lumotlar berdi. Bunday qonuniy va ijtimoiy masalalar saylovchilar uchun juda muhim bo‘lib, ularning hayoti sifatini oshirishga qaratilgan harakatlarning davom etishi zarur.

Hisobot yig‘ilishida ishtirok etgan saylovchilar, bu kabi tadbirlar orqali o‘z deputatlariga ishonch bildirish, kelgusidagi rejalarni muhokama qilish va mahalliy muammolarni hal etishda samimiy muloqot o‘rnatish imkoniyatini topdilar. Bu kabi aloqalar aholi bilan davlat organlari o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlashga, shuningdek, fuqarolarning jamiyatdagi faol ishtirokini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Nilufar Ja’farovaning uchrashuvda aytganlari, saylovchilarning murojaatlari va fikrlari, mahalliy muammolarni hal qilish yo‘lida ochiq muloqotning bunday shaklini davom ettirish zarurligini yana bir bor ta’kidladi. 

Slide 1 of 2