Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA IJTIMOIY YORDAM VA XIZMATLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIGA BAG‘ISHLANGAN MAQOLALAR “TOSHLOQ TONGI” GAZETASIDA CHOP ETILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMAN KENGASHINING “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA” DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
янв.21
TOSHLOQ TUMANIDA DEPUTAT VA HOKIM YORDAMCHISINING HAMKORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
QO‘RG‘ONCHA OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKTIDAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADA YOSHLARNI SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHIGA E’TIBOR QARATILMOQDA.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
Deputat xalq bilan hamnafas

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Ziyoda Ishmurodova Pastdarg‘om tumanidagi Manig‘itobod, Chandirobod mahalalaridagi saylovchilarning ijtimoiy muammolarni hal qilish, mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlar mohiyatini aholiga yetkazish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Mang‘itobod mahallasida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda fuqarolar maktab, bog‘cha, simyog‘ochlar, ichki yo‘llar, tabiiy gaz va shifoxonada davolanish kabi murojaatlarini bildirishdi.

O‘zLiDePning "Bir deputat - yuz ayolga ko‘makchi!" loyihasi doirasida xotin-qizlarga huquqiy tavsiyalar berildi. Mazkur sayyor qabulda fuqarolar tomonidan bildirilgan ayrim murojaatlar deputat tomonidan alohida nazoratga olindi.

Deputat Ziyoda Ishmurodova boshchiligida Mang‘itobod va Chandirobod mahallasi fuqarolariga bepul tibbiy ko‘rik tashkil etilib, bepul dori darmonlar tarqatildi. Ko‘rik davomida aholining salomatlik ko‘rsatgichlari tahlil qilindi va bir guruh nogironligi bor shaxslarga imtiyozlar belgilandi, turli xastaliklari borligi aniqlangan fuqarolarga viloyat shifoxonalarida imtiyozli davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.

Deputat tomonidan “Salomatlik sari” loyihasi doirasida onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, olis va chekka hududlarda, murakkab iqlim sharoitida yashayotgan ayollar hamda qizlarning sog‘ligini tiklash kabi masalalar aytib o‘tildi va aniqlangan birlamchi kasalliklar bo‘yicha sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish, sog‘lom ovqatlanish, sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga amal qilish yuzasidan shifokorlar tomonidan mahalla aholisiga zarur tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5