35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA IJTIMOIY YORDAM VA XIZMATLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIGA BAG‘ISHLANGAN MAQOLALAR “TOSHLOQ TONGI” GAZETASIDA CHOP ETILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMAN KENGASHINING “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA” DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
янв.21
TOSHLOQ TUMANIDA DEPUTAT VA HOKIM YORDAMCHISINING HAMKORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
QO‘RG‘ONCHA OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKTIDAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADA YOSHLARNI SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHIGA E’TIBOR QARATILMOQDA.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
Prezident tashrifi – hududiy taraqqiyot va ijtimoiy islohotlarning amaliy ifodasi

Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyati Parkent tumaniga tashrifi nafaqat hududiy taraqqiyot, balki davlatimizning ijtimoiy siyosatini yanada chuqurlashtirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Davlat rahbari hududda olib borilayotgan ishlar, istiqboldagi loyihalar bilan bevosita tanishar ekan, bu orqali "xalq bilan birga, joylarga borib muammolarni o‘rganish" tamoyilining amalda qanday ishlayotganini yana bir bor ko‘rsatdi.

Bu tashrif mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ochiqlik va mas'uliyatli boshqaruv siyosatining real natijalarini aks ettiradi. Ayniqsa, Parkent tumanida ijtimoiy sohalar – ta'lim, sog‘liqni saqlash, infratuzilma, ichimlik suvi va yo‘l qurilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarning davlat rahbari tomonidan nazorat qilinishi, ularning natijadorligiga bo‘lgan e’tiborni ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, "Toshkent-Sharqiy" aeroportida olib borilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirish orqali Prezidentimiz yirik transport-logistika loyihalarining amalga oshirilishiga shaxsan kafillik qilayotganini ko‘ramiz. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatimizni mintaqaviy markazga aylantirish bo‘yicha olib borilayotgan siyosatning uzviy davomidir.

Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, joylarda amalga oshirilayotgan bunday tashriflar joylardagi mas'ul shaxslarning hisobdorligini oshiradi, xalq bilan muloqotni mustahkamlaydi va eng muhimi – har bir qaror tagida xalq manfaati yotishi kerakligini amalda ko‘rsatadi. Bu esa parlament vakillari sifatida bizni ham joylarda dolzarb muammolarni o‘rganish, ularni hal qilish bo‘yicha faolroq ishlashga undaydi.

Bugungi tashrif – bu oddiy tashrif emas, balki xalq bilan birga bo‘lish, joylarda o‘zgarishlarni shaxsan kuzatish, muammolarga joyida yechim topishning ustuvor namunasidir. Bu siyosiy iroda va xalqparvarlik tamoyilining uzviy uyg‘unligidir.

Avaz Karimov O’z XDP Mirobod tuman kengashi deputati

Slide 1 of 1