35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA IJTIMOIY YORDAM VA XIZMATLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIGA BAG‘ISHLANGAN MAQOLALAR “TOSHLOQ TONGI” GAZETASIDA CHOP ETILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMAN KENGASHINING “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA” DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
янв.21
TOSHLOQ TUMANIDA DEPUTAT VA HOKIM YORDAMCHISINING HAMKORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
QO‘RG‘ONCHA OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKTIDAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADA YOSHLARNI SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHIGA E’TIBOR QARATILMOQDA.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
Deputat A.A.Xusainov saylovchilar oldida axborot berdi

Chilonzor tumani “Bek-To‘pi” va “Al-Xorazmiy” mahallalarida xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Alisher Abduvahobovich Xusainovning 2025-yil II-chorak faoliyati yuzasidan saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mahalla raislari, “Adolat” SDP tuman kengashi rahbari, faollar va saylovchilar ishtirok etishdi.Deputat o‘z hisobotida chorak davomida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar haqida so‘z yuritdi. Jumladan:
Yoshlar bilan ishlashda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari yo‘lga qo‘yildi, maslahat guruhi tashkil etildi. Obodonlashtirish yo‘nalishida 10 ga yaqin jamoatchilik loyihalari moliyalashtirildi, ko‘plab ko‘chalarda ta’mirlash ishlari olib borildi, yangi “Nafosat” bog‘i barpo etilmoqda. Madaniy-ma’rifiy sohada Al-Xorazmiy mahallasi kutubxonasi yangi kitoblar bilan boyitildi.
Ijtimoiy himoya borasida donorlik aksiyasi o‘tkazildi, 126-maktabga homiylik asosida zamonaviy jalyuzi pardalar olib berildi. Nogironligi bo‘lgan 4 nafar va 2 nafar ishsiz fuqaro ish bilan ta’minlandi.
Savdo va iqtisodiyotda raqamli xizmatlar joriy etilishi targ‘ib qilindi.

Yig‘ilishda “Adolat” SDP tuman kengashi raisi B. Raximov, “Al-Xorazmiy” MFY raisi Sh.Z. Arolov hamda faollar deputatning faoliyatini ijobiy baholab, uning tashabbuslari aholining muammolarini hal etishga xizmat qilayotganini ta’kidladilar.Tadbir yakunida fuqarolar ham o‘z fikr va takliflarini bildirishdi. Yig‘ilish qaroriga ko‘ra, deputat A.A. Xusainovning II-chorak yakunlari bo‘yicha axborotlari ma’lumot uchun qabul qilindi. 

Slide 1 of 5