35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA IJTIMOIY YORDAM VA XIZMATLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIGA BAG‘ISHLANGAN MAQOLALAR “TOSHLOQ TONGI” GAZETASIDA CHOP ETILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMAN KENGASHINING “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA” DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
янв.21
TOSHLOQ TUMANIDA DEPUTAT VA HOKIM YORDAMCHISINING HAMKORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
QO‘RG‘ONCHA OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKTIDAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADA YOSHLARNI SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHIGA E’TIBOR QARATILMOQDA.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
CHINOZ TUMANI. “Xo‘ja” mahallasida hasharni uyushqoqlik bilan o‘tkazishga bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshirildi

Bugun 21-avgust soat 10-00da “Xo‘ja” MFYda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, mahalla raisi va hokim yordamchisi, mahalla faollari, ko‘cha boshilari ishtirokida 22−23-avgust kunlari "Obod va xavfsiz mahalla − yurt ko‘rki" shiori ostida bo‘lib o‘tadigan umumxalq hayriya hasharini uyushqoqlik bilan o‘tkazish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot tadbirlari o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi, tuman hokimi Sherzod Salixov tomonidan Davlatimiz mustaqilligining 34 yilligi bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish va kutib olish maqsadida o‘tkazilayotgan hasharni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha berilgan topshiriq va ko‘rsatmalar mahalla fuqarolar yig‘ini Kengashi a’zolariga, mahalla faollari, ko‘cha boshilariga yetkazildi.

Mahallaning har bir ko‘chasida, tashkilotlar, savdo shaxobchalari atrofida va aholi gavjum joylarda hasharni uyushqoqlik bilan o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.

Shuningdek, “Tashabbusli budjet” jarayonining 2025-yil 2-mavsum ovoz berish bosqichiga o‘tgan “Xo‘ja” mahallasidagi ko‘chalarga asfalt qoplamasini yotkizish bo‘yicha loyihaga ovoz berish bo‘yicha targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.

Elyorjon Saidov,

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati

Slide 1 of 5