35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA IJTIMOIY YORDAM VA XIZMATLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIGA BAG‘ISHLANGAN MAQOLALAR “TOSHLOQ TONGI” GAZETASIDA CHOP ETILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMAN KENGASHINING “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA” DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
янв.21
TOSHLOQ TUMANIDA DEPUTAT VA HOKIM YORDAMCHISINING HAMKORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
QO‘RG‘ONCHA OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKTIDAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADA YOSHLARNI SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHIGA E’TIBOR QARATILMOQDA.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining oʻn yettinchi sessiyasi masofaviy shaklda bo‘lib o‘tdi.

2025-yil 7-avgust kuni Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining oʻn yettinchi sessiyasi masofaviy shaklda bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibida:

🔹 Bo‘stonliq tumanida hokimlik va davlat organlarining hududiy bo‘linmalari  tomonidan norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha 2025-yil birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”ga asosan Bo‘stonliq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratini amalga oshirish rejasi ijrosi to‘g‘risida;

🔹Bo‘stonliq tumani mahalliy budjetining 2025-yil ikkinchi chorak yakuni bilan orttirib bajarilgan qismi mablag‘lari hisobidan rejalashtirilayotgan xarajatlar to‘g‘risida;

🔹Bo‘stonliq tumani hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida;

🔹Bo‘stonliq tumaniga Toshkent viloyati hokimligi tomonidan ajratilgan maqsadli ssuda mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida;

🔹Bo‘stonliq tumanida 2025-yilga mo‘ljallangan aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash dasturini ikkinchi chorak yakuni bilan bajarilishi to‘g‘risida va boshqa masalalar muhokama qilindi.

🔹Sessiya yakuni bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 3