35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi deputati, tuman hokimi S.Ergashev tomonidan Sirg'ali, Mustaqillik, Qashqarlik, Ayriota, Bog'bon, Ibrat va Darxon mahalla yettiligi a’zolari bilan hududda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Deputat faoliyati Obodlik va farovonlik sari tashlangan navbatdagi qadamlar
янв.21
Toshkent tumanidagi tayanch mahallalarda obodonlashtirish va rivojlantirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda
янв.21
Aholi osoyishtaligi va xavfsizligini taʼminlash yoʻlidagi amaliy qadamlar
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq XXIII-sessiyasi bo`lib o`tdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq XXI-sessiyasi to'g'ridan-to'g'ri onlayn olib borilmoqda
янв.21
Toshkent tumani Kengashi faoliyati.
янв.21
Toshkent tumani Kengashi deputatlik faoliyati.
янв.21
Toshkent tumani Kengashi deputatlik faoliyati.
янв.21
Toshkent tumani Kengashi deputatlik faoliyati.
#deputat axboroti

#Deputat_axboroti

22026-yilning II-choragi yakunlari bo‘yicha deputatlik faoliyati yuzasidan aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi O‘zbekiston Respublikasining “Аҳоли бандлиги тўғрисида" gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, №O‘RQ-642”gi Qonuni, Ногиронлиги бўлган шахсларнинг ҳуқуқлари тўғрисида (O‘RQ-641, 2020-yil 15-oktyabr) Qonuni, ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tartibida aholi bilan uchrashib har bir masala bo‘yicha o‘rganish olib borildi.

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi 18-Taraqqiyot saylov okrugi deputati Tursunboev Alim Samatovich tomonidan 2026-yilning II choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan “Taraqqiyot” mahallasi aholisiga axborot berish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda mahalla yettiligi a'zolari, mahalla faollari, umumta'lim maktablari direktorlari hamda fuqarolar ishtirok etdi.

Tadbir davomida deputat tomonidan saylovchilar murojaatlarini o‘rganish, hamda doimiy kommisiya o'ziga biriktirilgan qonun ijrosini hududdagi ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal etish, tegishli tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘rovlari hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek, deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq saylovchilar bilan muntazam muloqot olib borish, ularning manfaatlarini himoya qilish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan ham axborot taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 3