Yangiliklar

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining VII chaqiriq 7-sessiyasi yakunlari to‘g‘risida AXBOROT

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining VII chaqiriq 7-sessiyasi yakunlari to'g'risida AxborotXalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi • January 15 at 16:10

Bugun 2025-yilning 15-yanvar kuni Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi 7-sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiya kun tartibida 4 ta masala ko‘rib chqildi.

 Kun tartibidagi 1-masalada deputatlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 19-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi nutqida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining harakatlar dasturini tasdiqladilar.

Dastur loyihasi bo‘yicha Kengash kotibiyati mudiri Ergash Abdurayimovning ma’ruzasi tinglandi. Davlat rahbarining Nutqida keltirilgan vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining harakatlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-9-V-sonli qarori qabul qilingan. 

Shundan kelib chiqib, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati tomonidan shahar Kengashining Haratlar dasturi loyihasi ishlab chiqildi va 2025-yil 13-yanvar kuni doimiy komissiyalar qo‘shma majlisida dastlabki tarzda muhokama qilingan hamda sessiya qarori loyihasi tayyorlangan.

Shahar Kengashining Haratlar dasturi loyihasi ja’mi 2 ta yo’nalish 16 banddan iborat bo‘lib, 1-yo‘nalish – nazorat-tahlil yo‘nalishida ja’mi 6 ta,

2-yo’nalish – Kengashning faoliyatini yanada rivojlantirish yo‘nalishida 10 ta chora-tadbirlar belgilab olindi. Mazkur chora-tadbirlarni bajarish uchun ja’mi 53 ta mexanizmni amalga oshirish reja qilingan. Tavsiya etilgan loyihaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Olmaliq shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri J.Manazarovning taklifi inobatga olinib, murojaatlar eng ko‘p kelib tushgan mahallalarni chuqur tahlil qilib, mutasaddilarning hisobotlarini kengashga kiritib borish amaliyotini kuchaytirish bo‘yicha alohida band kritildi.

 Kun tartibidagi 2-masalada deputatlar Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi masalani ko’rib chiqdilar. Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy islohotlar, qurilish va kommunal soha masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Doniyor Karimovning Axboroti tinglandi.

Ma’lumki, mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish masalasini umummilliy harakatga aylantirgan holda “Kambag‘al oilalar uchun yettita imkoniyat va mas’uliyat” tamoyili asosida joriy yilning 1-noyabridan "Kambag‘allikdan farovonlik sari" kompleks dasturini amalga oshirish boshlandi. Ushbu yo‘nalishda Respublikamizning barcha hududlaridagi kabi, Olmaliq shahrida ham samarali ishlar tashkil etilmoqda. Shahar hokimligida shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilib, viloyat va shahar miqyosida faoliyat olib boruvchi rahbarlarning har biriga kamida 5 nafardan kambag‘al oila biriktirilib, dastavval ular xatlovdan o‘tkazildi, har bir rahbar o‘ziga biriktirilgan oilalarga borib, oila passportini shakillantirdilar. Shu passport asosida har bir oila uchun yo‘l haritasi tayyorlab, ijrosini olib bormoqdalar. Bugungi kunga qadar bir qancha oilalar ahvoli yaxshilanib, ijtimoiy reyistrdan chiqishiga ham erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil

29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

KQ-6-V-sonli qaroriga asosan, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining doimiy komissiyalari qo‘shma majlisida sessiya qarori tayyorlandi va Kengash muhokamasiga havola etildi.

Mazkur qarorning 1-ilovasi bilan, Olmaliq shahrida kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi ishlar holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhi tasdiqlandi. Ishchi guruhga:

1.             Karimov Daniyar Dilmuradovich Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy islohotlar, qurilish va kommunal soha masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, Ishchi guruh rahbari

2.             Salimov Behzod Asqarali o‘g‘li Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Ekologiya, agrar va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, Ishchi guruh rahbarining o‘rinbosari

3.             Adilov Zafar To‘xtabayevich Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy islohotlar, qurilish va kommunal soha masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari, ishchi guruh a’zosi

4.             Mavlanov Azamat Abdishukurovich Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi, ishchi guruh a’zosi

5.             Qodirova Sevar Narzullayevna Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha komissiyasi a’zosi, ishchi guruh a’zosi

6.             Ashurova Matluba Mahmudovna Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, xavfsizlik va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, ishchi guruh a’zosi

7.             Po‘latova Zuhra Suyunovna Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy islohotlar, qurilish va kommunal soha masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi, ishchi guruh kotibi sifatida, ja’mi 7 kishi tasdiqlandi. Shuningdek, Ishchi guruhga quyidagi vazifalar yuklatildi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlarida belgilangan kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirishga doir ustuvor vazifalar, shuningdek, tasdiqlangan dasturlarning ijrosi holatini joylarga chiqqan holda o‘rganish;

kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish bo‘yicha mahallalarga biriktirilgan shahar darajasidagi davlat idoralari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari hamda shahardagi ijro organlari rahbarlarining belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga oid faoliyatini tahlil qilib, natijalari yuzasidan Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashiga axborot kiritish;

Xalq deputatlari shahar Kengashi sessiyalarida o‘rganishlar natijalarini muhokama qilish, shahar hokimligi hamda tegishli korxona, tashkilot va muassasalar bilan birgalikda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturida nazarda tutilgan loyihalar bo‘yicha mahallalardagi mavjud muammolarni hal etish choralarini ko‘rish;

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashida kambag‘allikdan chiqarish va aholi turmush farovonligini oshirish bo‘yicha shahar rahbarlarining taqdimotlari o‘tkazilishini tashkil etish;

Shahar darajasidagi tizimli muammolarni hal etish bo‘yicha takliflarning shahar hokimligiga, tegishli korxona, tashkilot va muassasalarga kiritilishini ta’minlash;

kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish choralarini ko‘rish.

Shuningdek, Ishchi guruhga o‘z faoliyatini amalga oshirishda mas’ul tashkilot va idoralardan malakali mutaxassislar va ekspertlarni jalb etish vakolati berildi. 

Qaror loyihasida Ishchi guruh faoliyati 2025-yil 31-dekabrgacha davom etishi, uning ishchi organi Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy islohotlar, qurilish va kommunal soha masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hisoblanishi belgilandi.

Kengashga tavsiya etilgan sessiya qarori loyihasining 2-ilovasida shaharda kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Kengash nazorati samaradorligini oshirish bo‘yicha 9 banddan iborat “yo‘l xaritasi" tasdiqlandi. Unda:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor majlislarida belgilangan kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirishga doir ustuvor vazifalar hamda mahallalar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlarning bajarilishi ustidan ta’sirchan deputatlik nazoratini o‘rnatib, natijalarini Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi sessiyalarida muhokama qilish;

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashida kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha 1-sektordan “O‘zbekiston”, 2-sektordan “Bo‘ston”,

3-sektordan “Hilol”, 4-sektordan “Ramazon” mahallaning tajribalari yuzasidan taqdimotlarni o‘tkazish;

1-sektordan “Gultepa”, 2-sektordan “Temur Malik”, 3-sektordan “Toshkent”, 4-sektordan “Ahmad Yassaviy” mahallasida aholi turmush sharoitini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash dasturlarining ijrosi samaradorligini o‘rganish va natijalarini Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining sayyor majlisida muhokama qilish;

Olmaliq shahrida barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish, tadbirkorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatish, “drayver” loyihalarni amalga oshirish, tadbirkorlikka jalb qilish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mas’ul korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlarining hisobotini shahar Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi (zaruratga qarab sessiyalarda) eshitish;

Tasdiqlangan dasturlar doirasida fuqarolarning sifatli ta’lim olish, davlat va xorijiy tillarni hamda kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, maktabgacha ta’lim bilan qamrovni oshirish, xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va kambag‘al oilalar farzandlarining oliy ma’lumot olishiga ko‘maklashish borasida amalga oshirilgan ishlar holatini o‘rganish va Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisida (zaruratga qarab sessiyalarda) eshitish;

Olmaliq shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining “Olmaliq shahrida kambag‘al oilalar a’zolarining kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanishi, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi hamda o‘z sog‘lig‘i uchun ijtimoiy mas’uliyatini oshirishiga ko‘maklashish yuzasidan ko‘rilayotgan manzilli chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hisobotini Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisida (zaruratga qarab sessiyalarda) eshitish;

Kambag‘al oilalarning ijtimoiy xizmatdan foydalanish imkoniyatini ro‘yobga chiqarish hamda aholining yashash sharoitlarini yaxshilash choralarini amalga oshirishga qaratilgan ishlar holatini o‘rganish va Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisida (zaruratga qarab sessiyalarda) muhokama qilish;

Olmaliq shahrini jadal kompleks rivojlantirish, xususan, mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, shahar markazi bilan transport jihatidan bog‘langanligini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash va tomorqalarni sug‘orish suvi bilan ta’minlash imkoniyatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holatini o‘rganish va Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisida (zaruratga qarab sessiyalarda) muhokama qilish;

Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, mahallalarda aholini muntazam internet bilan ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar holatini o‘rganish va Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisida (zaruratga qarab sessiyalarda) muhokama qilish masalalari o‘rin olgan. Mas’ullar belgilanib, aniq muddatlar ko‘rsatildi.

Shuningdek, qaror bilan, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Begiyevga har oyning 10-sanasiga qadar Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashiga shaharda kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha tahliliy ma’lumot kiritib borishi belgilandi.

Qaror bilan, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha komissiya to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiya tarkibi 4-ilovaga asosan quyidagicha tasdiqlandi:

 1.            Karimov Daniyar Dilmuradovich Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy islohotlar, qurilish va kommunal soha masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, Komissiya raisi

2.            Begiyev Shermuhammad Avezbayevich Olmaliq shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Komissiya raisi o‘rinbosari

3.            Ashurova Matluba Mahmudovna Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, xavfsizlik va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, Komissiya a’zosi

4.            Mavlanov Azamat Abdishukurovich Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha Komissiyasi raisi 

 5.            Abdurayimov Ergash Arifdjanovich Xalq deputatlari Olmaliq Kengashi kotibiyati mudiri, Komissiya a’zosi

 6.            lavozimiga ko‘ra Olmaliq shahar prokurorining o‘rinbosari (kelishuv asosida), Komissiya a’zosi

7.            Manazarov Djamoliddin Nuriddinovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Olmaliq shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri,

Komissiya a’zosi

8.            Yomg‘urov Oybek Tursunboyevich Olamaliq shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori, Komissiya a’zosi

9.            Rozimbetov Ulug‘bek Azatovich O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Olmaliq shahar bo‘limi rahbari, Komissiya a’zosi

10.        Abdullayev Muxiddin Xusniddinovich Olmaliq shahar “Nuroniylar” jamg‘armasi raisi, Komissiya a’zosi

11.        Nishonov Akrom Alimjon o‘g‘li Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i, Komissiya a’zosi

12.        Gaffarov Nizomiddin Abdukadirovich Tibbiyot birlashmasi bo‘limi boshlig‘i, Komissiya a’zosi

13.        Abdusaidov Shohruh Pardaboy o‘g‘li Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi, Komissiya mas’ul kotibi

 

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiyasiga

 har oyda ushbu komissiya majlislarida kambag‘allik darajasini qisqartirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosini ta’minlash borasida shahar hokimligi tomonidan amalga oshirilgan ishlarning muhokama qilib borilishini, shuningdek, tegishli korxona, tashkilot, muassasa rahbarlarining mazkur yo‘nalishdagi faoliyati to‘g‘risidagi axborotlari eshitilishini ta’minlash;

shaharda kambag'allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish;

kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi ishlar samaradorligi ustidan deputatlik pazoratini amalga oshirish hamda ushbu tadbirlarning ommaviy axborot vositalarida yoritilishiga alohida e’tibor qaratish tavsiya etilgan.

Olmaliq shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Begiyevga

 uch kun muddatda 2024-2025-yillarda oilalarni kambag‘allikdan chiqarishning yo‘nalishlar va mahallalar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlarini;

 har oy yakunida keyingi oyning 10-sanasiga qadar kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar va maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosi haqidagi tahliliy ma'lumotni Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashiga taqdim etib borish vazifasi yuklatildi.

Qarorda Olmaliq shahar hokimining matbuot kotibi – Axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi S.Boymirzayev mazkur qarorni ommaviy axborot vositalarida, jumladan mahalliy gazetalarda keng yoritilishini hamda shahar hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlash vazifasi yuklatildi.

Qarorning nazorati esa Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy islohotlar, qurilish va kommunal soha masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (D.Karimov) zimmasiga yuklatildi.

 Kun tartibidagi 3-masalada “Ayollar daftari”ning 5-bosqichida amalga oshirilgan ishlar hususidagi Olmaliq shahar hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Minavarova (va sektor rahbarlari)ning hisobotlari ko‘rib chiqildi. Kengashning Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Azamat Mavlanov “Ayollar daftari”ning 5-bosqichida amalga oshirilgan ishlar hususidagi hisobotlar yuzasidan doimiy komissiyalar qo‘shma hulosasini o‘qib eshittirdi.

2024-yil 29-mart kuni Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining VI-88-34-10-147-K/24-sonli “Ayollar daftari”ning 5-bosqichini shakllantirish bo‘yicha o‘tkazilgan xatlov natijalari to‘g‘risida”gi qarorida shahrimizda “Ayollar daftari”ning 5-bosqich 6 ta yo‘nalishiga 4234 nafar muammolari bo‘lgan xotin-qizlar tasdiqlangan. 2024-yil 27-dekabr kuni Olmaliq shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Minavarovaning

5-bosqich “Ayollar daftari” ro‘yxatida turgan 4234 nafar xotin-qizlarni “Ayollar daftari”dan chiqarilishi yuzasidan shahar Kengashiga 06/1/2-2677-sonli murojaati qanoatlantirildi.

 Kun tartibidagi 4-masalada Olmaliq shahar budjetining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi. Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy islohotlar, qurilish va kommunal soha masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Doniyor Karimov Kengash doimiy komissiyalri qo’shma majlisi hulosasini o‘qib eshittirdi. Mazkur loyiha mazmun-mohiyatini yoritib berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil

29-noyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo'shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi

KQ-5-V-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi doimiy komissiyalarining 2025-yil 13-yanvarda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisida ushbu masalani sessiya muhokamasiga tavsiya etish haqida qaror qabul qilindi. Shuningdek, qo‘shma majlis tomonidan sessiya qarori loyihasi tayyorlandi va taqdim etildi.

Taqdim etilayotgan sessiya qarori ilovasi bilan “Olmaliq shahar budjetining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Nizom (ilova qilinadi) tasdiqlanishi nazarda tutilgan. Ushbu Nizom Senat qarori bilan berilgan Namunaviy Nizomga asosan Olmaliq shahriga moslashtirildi.

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq moliya yili davrida budjet ijrosi jarayonida Olmaliq shahar budjetining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.

Nizom loyihasi:

Umumiy qoidalar;

Olmaliq shahar budjetining qo‘shimcha manbalarini aniqlash tartibi;

Olmaliq shahar budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish tartibi;

Shahar budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan ajratilgan mablag‘larning foydalanilishi bo‘yicha hisobot, nаzоrаt vа javobgarlik;

Yakunlovchi qoidalar kabi 5 ta bobdan iborat.

Shuningdek, ushbu Nizomda shahar budjeti daromadlarining birinchi – uchinchi hisobot choraklari yakunlari bo‘yicha prognozdan oshirib bajarilgan qismini aniqlash va shаhаr budjetining erkin qoldiq mablag'larini aniqlash tartiblari ham belgilab berilmoqda.

Qolaversa, shаhаr budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlarni umumlashtiruvchi komissiya tarkibini tasdiqlash nazarda tutilmoqda. Loyihada ushbu tarkib quyidagicha tavsiya etilgan.

1. Begiyev Shermuhammad Avezbayevich Olmaliq shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Komissiya raisi

2. Mo‘minov Muhammadsodiq Dilmurod o‘g‘li Olmaliq shahar hokimining qurilish kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekalogiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Komissiya raisi o‘rinbosari

3. Shakirov Ilhom Islomovich Qurilish va uy-joy kommunal xizmati bo‘limi boshlig‘i, Komissiya a’zosi

4. Lavozimiga ko‘ra Olmaliq shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, Komissiya a’zosi

5. Aliyev Ixtiyor To‘xtamurodovich Olmaliq shahar soliq inspeksiyasi rahbari, Komissiya a’zosi

6. Alimov Navro‘z Sherali o‘g‘li Olmaliq shahar yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i, Komissiya a’zosi

7. Amanbayev Sirojiddin Ubaydulla o‘g‘li Olmaliq shahar bosh arxitektori, Komissiya a’zosi

  Shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi komissiya ishchi оrgаni hisoblanadi. Doimiy komissiyalar qo‘shma majlisida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, “mazkur tarkibga ushbu komissiyaning yig‘ilish qarori bilan zaruratga qarab qo‘shimcha ravishda 2 tagacha tegishli davlat tashkiloti rahbari (o‘rinbosari yoki mas’ul xodimi) kiritilishi mumkin. Ammo bir tashkilotda ishlaydigan a’zolar soni 2 nafardan oshmasligi shart” degan izoh ham kiritib qo‘yildi.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi doimiy komissiyalari Olmaliq shahar budjetining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risidagi qaror loyihasini taqdim etdi va sessiya tomonidan mazkur qaror tasdiqlandi.

Shuning bilan Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi 7-sessiyasi o‘z ishini yakunladi.

 

 Kengash kotibiyati. 

Slide 1 of 10