Yangiliklar

Yaqinlashib kelayotgan yangi 2025-yil muborak bo'lsin!

Viloyatimiz, xalqimiz uchun yutuqlarga, quvonchli kunlarga boy bo‘lgan 2024-yil yakuni va orziqib kutilayotgan 2025-yil ostonasida barchangizni Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklaymiz. 

Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, to‘kin hayot, Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. 

Yangi yilda ham xonadoningizdan fayz-baraka, shodlik, tinchlik va xotirjamlik arimasin!  

Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

Cheksiz hurmat va ehtirom bilan,

Xalq deputatlari Sho'rchi tumani Kengashi deputatlari hamda Kengash kotibiyati jamoasi 

Slide 1 of 1