35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi deputati, tuman hokimi S.Ergashev tomonidan Sirg'ali, Mustaqillik, Qashqarlik, Ayriota, Bog'bon, Ibrat va Darxon mahalla yettiligi a’zolari bilan hududda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Deputat faoliyati Obodlik va farovonlik sari tashlangan navbatdagi qadamlar
янв.21
Toshkent tumanidagi tayanch mahallalarda obodonlashtirish va rivojlantirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda
янв.21
Aholi osoyishtaligi va xavfsizligini taʼminlash yoʻlidagi amaliy qadamlar
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq XXIII-sessiyasi bo`lib o`tdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq XXI-sessiyasi to'g'ridan-to'g'ri onlayn olib borilmoqda
янв.21
Toshkent tumani Kengashi faoliyati.
янв.21
Toshkent tumani Kengashi deputatlik faoliyati.
янв.21
Toshkent tumani Kengashi deputatlik faoliyati.
янв.21
Toshkent tumani Kengashi deputatlik faoliyati.
Deputat so‘rovi amalda: G‘urros kanali yangi qiyofa kasb etmoqda

Deputat so‘rovi amalda: G‘urros kanali yangi qiyofa kasb etmoqda

Xalq manfaati yo‘lida olib borilayotgan islohotlar Uzun tumanidagi "Ittifoq" mahallasi misolida ham o‘z aksini topmoqda. Ko‘p yillardan buyon aholini qiynab kelayotgan G‘urros kanalini tozalash va tartibga keltirish masalasi nihoyat o‘z yechimini topdi.

Mazkur kanalning holati yuzasidan mahalla aholisidan kelib tushgan murojaatlar asosida, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Mamurjonova tomonidan tegishli tashkilot rahbarlariga asoslantirilgan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Amalga oshirilayotgan ishlar

Yuborilgan so‘rov va ko‘rsatilgan tashabbus natijasida hozirgi kunda G‘urros kanalida keng ko‘lamli qurilish-obodonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda:

Tozalash ishlari: Kanal tubi va qirg‘oqlaridagi ko‘p yillik chiqindilar, loyqa hamda o‘t-o‘lanlar to‘liq tozalandi.