GULBAHOR MFYDA HOMIYLIK ASOSIDA IKKI XONALI UY BARPO ETILMOQDA
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi, 20-Gulbahor saylov okrugi deputati S. Nazarov tomonidan o‘zi saylangan Gulbahor mahalla fuqarolar yig‘inida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar davom ettirilmoqda.
Jumladan, kambag‘allik reyestrida turuvchi, nogironligi bo‘lgan fuqaro Mo‘higul Xurramova uchun mahalla raisi va deputat tashabbusi bilan homiylik asosida ikki xonali uy qurib berilmoqda.
Ushbu ezgu tashabbus fuqaroni qo‘llab-quvvatlash, uning yashash sharoitlarini yaxshilash hamda munosib turmush kechirishi uchun zarur sharoit yaratishga qaratilgan.
Bunday xayrli ishlar mahallada o‘zaro hamjihatlik, mehr-oqibat va insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.