Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘ZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZO BO‘LISH JARAYONLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
OLMAZOR TUMANIDA MAHALLA INFRATUZILMASINI YAXSHILASH VA BOLALAR MAYDONCHALARIDAN MAQSADLI FOYDALANISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “ZANGIOTA” MAHALLASIDAGI JIZZAX VA BESHLOLA KO‘CHALARI TA’MIRLANDI
янв.21
MADANIYAT VA SAN’AT MUASSASALARIDA BOLALAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDAGI 70-SONLI MAKTABDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH VA PEDAGOGIK JAMOA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI YUZASIDAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
OLMAZOR TUMANIDAGI “G‘ALABA” MAHALLASIDA MAVJUD MUAMMOLAR VA YOSHLAR UCHUN SPORT INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI “UCHTEPA” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI VA FUQAROLARNING HUQUQIY MANFAATLARINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA VELOSIPED YO‘LAKLARI INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH VA EKOLOGIK TOZA TRANSPORTNI KENGAYTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
“KATTA JARARIQ” MAHALLASIDA DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI BOLALAR MAYDONCHASI BARPO ETILMOQDA
янв.21
YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI, HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI VA FAVQULODDA VAZIYATLAR MONITORINGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
NAVRO‘Z MFYDA ZAMONAVIY KO‘P QAVATLI UY-JOYLAR QURILISHI JARAYONI O‘RGANILDI

NAVRO‘Z MFYDA ZAMONAVIY KO‘P QAVATLI UY-JOYLAR QURILISHI JARAYONI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 13-“Mehnatobod” saylov okrugi deputati N. Ilmurodova saylangan Navro‘z MFY hududida barpo etilayotgan yangi ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi bilan tanishildi.

O‘rganish davomida tuman Kengashi mudiri A.Avliyakulov hamda Navro‘z MFY raisi bilan birgalikda hududdagi qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi. Qurilish maydonida olib borilayotgan dastlabki ishlar, hududni tayyorlash jarayoni hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik ishlari haqida ma’lumotlar olindi.

Yangi ko‘p qavatli uylarning barpo etilishi hududning qiyofasini yanada zamonaviylashtirish bilan birga, aholi uchun zamonaviy va qulay uy-joy sharoitlarini yaratish imkonini beradi.

Shuningdek, qurilish bilan bir qatorda hududda ichki yo‘llar, obodonlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy infratuzilma masalalarini uyg‘un ravishda tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5