Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘ZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZO BO‘LISH JARAYONLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
OLMAZOR TUMANIDA MAHALLA INFRATUZILMASINI YAXSHILASH VA BOLALAR MAYDONCHALARIDAN MAQSADLI FOYDALANISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “ZANGIOTA” MAHALLASIDAGI JIZZAX VA BESHLOLA KO‘CHALARI TA’MIRLANDI
янв.21
MADANIYAT VA SAN’AT MUASSASALARIDA BOLALAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDAGI 70-SONLI MAKTABDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH VA PEDAGOGIK JAMOA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI YUZASIDAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
OLMAZOR TUMANIDAGI “G‘ALABA” MAHALLASIDA MAVJUD MUAMMOLAR VA YOSHLAR UCHUN SPORT INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI “UCHTEPA” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI VA FUQAROLARNING HUQUQIY MANFAATLARINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA VELOSIPED YO‘LAKLARI INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH VA EKOLOGIK TOZA TRANSPORTNI KENGAYTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
“KATTA JARARIQ” MAHALLASIDA DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI BOLALAR MAYDONCHASI BARPO ETILMOQDA
янв.21
YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI, HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI VA FAVQULODDA VAZIYATLAR MONITORINGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
GENDER TENGLIK VA XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ HAMDA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

 GENDER TENGLIK VA XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ HAMDA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida shaharda gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan qonunlar ijrosi masalasi ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda Namangan shahar hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D. Abduraximova tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida shaharda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan 878 nafar shaxsga himoya orderi berilgan. Ularning 11 nafari voyaga yetmaganlar, 263 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar, 604 nafari esa 30 yoshdan yuqori bo‘lgan xotin-qizlardir.

Taqdim etilgan hisobotda tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining asosiy qismi oilada sodir bo‘lgani qayd etilgan. Shuningdek, takroriy himoya orderlari, jabrlangan xotin-qizlarni reabilitatsiya markazlariga joylashtirish, aholining huquqiy xabardorligini oshirish hamda profilaktik targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.

Muhokama davomida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ–562-son “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘RQ–561-son “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosiga oid ma’lumotlar o‘rganildi.

Xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, zo‘ravonlik holatlarining oldini olish va jabrlanganlarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish masalalari doimiy e’tiborni talab etadi.

Slide 1 of 7