Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Hasanbek Qudratov tomonidan aholining sport bilan shug‘ullanishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda hudud obodonchiligini ta’minlash maqsadida navbatdagi deputatlik so‘rovi kiritildi.
Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini, Pastkichaqir qishlog‘i hududida joylashgan sun’iy qoplamali stadion mahalla aholisi hamda yoshlar uchun muhim sport maskani hisoblanadi.
Stadionning kirish qismi hozirgi vaqtda notekis holatda bo‘lib, tashrif buyuruvchilar va sportchilarning avtomashinalarini tartibli hamda qulay joylashtirish uchun yetarli sharoit mavjud emas. Kirish qismining notekisligi avtomashinalar harakatida noqulayliklar yuzaga keltirmoqda.
Deputatlik so'rovi Yangiobod tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari U. Normaxmatovga yo‘llandi.