Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X.Tilakov Do‘stlik MFYda mahalla faollari bilan muloqot o‘tkazib, aholini kambag‘allikdan chiqarish, oilalar daromadini oshirish hamda hududni obodonlashtirish masalalarini muhokama qildi.
Ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish va obodonlashtirish ishlarida aholi faolligini oshirishga e’tibor qaratildi.
Mahalla faollari bilan hamkorlikda mavjud muammolarni aniqlash, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash ularni natijadorligini ta’minlash muhimligini ta’kidladi.