Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2027-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqildi.
Muhokama davomida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan taqdim etilgan takliflar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlash, ish beruvchilar tomonidan belgilangan talablarning bajarilishi, ishga joylashtirilgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etish hamda qaror ijrosini monitoring qilish masalalariga e’tibor qaratildi.
Sessiya yakunida tegishli qaror qabul qilinib, 2027-yilda ijtimoiy ehtiyojmand aholi toifalari uchun jami 1 959 ta ish o‘rnini zaxiraga qo‘yish hamda davlat tashkilotlari va tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektlar kesimidagi manzilli ro‘yxatlarni tasdiqlash masalasi yuzasidan tegishli choralarni amalga oshirish belgilandi.
Mazkur qaror aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari bandligini ta’minlash, ularning mehnat faoliyatiga jalb etilishiga ko‘maklashish hamda ishga joylashtirish bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan.