Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH VA TARMOQLARNI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLASH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
DEPUTAT JAMILA SHERMUHAMMEDOVA TALABA-QIZLAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA KANALIZATSIYA TARMOQLARINI YAXSHILASH VA OQOVA SUV TIZIMIDAGI NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDAGI IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARIDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI 197-SONLI MAKTABDA ILK RIVOJLANISH MARKAZI OCHILDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA ISSIQLIK TARMOQLARIDAGI AVARIYALARNING OLDINI OLISH VA ULARNI TEZKOR BARTARAF ETISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA ISSIQLIK TA’MINOTI TIZIMINI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLASH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
“BELTEPA” MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PARLAMENT KOMISSIYASI GRANT TANLOVLARI G‘OLIBLARINI TASDIQLADI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI TOSHPO‘LAT MATIBAYEV 2026-YILNING UCHINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
“Bo‘ston” mahallasida 50 tup pavloniya daraxti ekildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 14-“Degrizlik” saylov okrugidan saylangan deputati O. Bozorov tomonidan “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida ko‘cha o‘rganishlari olib borilgan edi.

O‘rganish davomida mahalladagi ko‘p qavatli uylar oldida joylashgan yer maydonlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Hududning ekologik holatini yaxshilash, yashil maydonlarni kengaytirish hamda aholi uchun yanada qulay va shinam muhit yaratish maqsadida 50 tup pavloniya daraxti ekish taklifi ilgari surildi.

Mazkur taklifni amalga oshirish doirasida deputat O.Bozorov tomonidan 50 tup pavloniya ko‘chati yetkazib berildi va ko‘chatlar “Yashil makon” loyihasi doirasida ekildi.

Ushbu tashabbus mahalla hududini yanada obod va ko‘rkam qilish, yashil hududlarni kengaytirish hamda ekologik muhitni yaxshilashga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3