DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOTLAR HAMKORLIGI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Ijtimoiy soha masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi, deputat X. Turdiyev tomonidan biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash doirasida amaliy o‘rganish olib borildi.
🔎 Deputat Qoraqo‘ppa mahallasi ko‘cha boshisi T. Joniuzoqov bilan birgalikda Pastdarg‘om tumani davlat arxiviga tashrif buyurdi.
📚 Tashrif davomida Qoraqo‘ppa mahallasining tashkil etilgan yilini aniqlash, shuningdek, mahallani tashkil etishga oid tegishli farmoyish va tarixiy hujjatlarni arxiv ma’lumotlari asosida o‘rganish masalalariga e’tibor qaratildi.
🤝 O‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — mahalla tarixiga oid ma’lumotlarni aniqlashtirish, arxiv hujjatlarini o‘rganish hamda deputat va biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishdan iborat.
✅ Bunday hamkorlik ishlari hududlar tarixiga oid muhim ma’lumotlarni aniqlash va fuqarolarni zarur hujjatli ma’lumotlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.