Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH VA TARMOQLARNI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLASH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
DEPUTAT JAMILA SHERMUHAMMEDOVA TALABA-QIZLAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA KANALIZATSIYA TARMOQLARINI YAXSHILASH VA OQOVA SUV TIZIMIDAGI NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDAGI IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARIDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI 197-SONLI MAKTABDA ILK RIVOJLANISH MARKAZI OCHILDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA ISSIQLIK TARMOQLARIDAGI AVARIYALARNING OLDINI OLISH VA ULARNI TEZKOR BARTARAF ETISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA ISSIQLIK TA’MINOTI TIZIMINI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLASH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
“BELTEPA” MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PARLAMENT KOMISSIYASI GRANT TANLOVLARI G‘OLIBLARINI TASDIQLADI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI TOSHPO‘LAT MATIBAYEV 2026-YILNING UCHINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Ish_reja_ijrosi
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
19¹-modda
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati N. Saidova tomonidan Qo‘rg‘on mahallasi Oxunboboyev ko‘chasidagi mavjud muammo joyiga chiqib o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida Sherobod tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga olib boruvchi ko‘chada ichimlik suvi quvuridagi nosozlik sababli ta’mirlash ishlari olib borilayotgani hamda yo‘lga sun’iy to‘siq o‘rnatilgani aniqlandi.

⚠️ Mazkur holat transport vositalari harakatlanishiga to‘sqinlik qilib, poliklinikaga qatnovchi fuqarolar, bemorlar va boshqa yo‘l harakati ishtirokchilari uchun noqulayliklar keltirib chiqarmoqda.

📄 Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida ichimlik suvi quvuridagi nosozlikni tezkorlik bilan ta’mirlash, transport vositalarining xavfsiz va erkin harakatlanishini tiklash hamda sun’iy to‘siqni olib tashlab, ko‘chani ochish yuzasidan zarur choralar ko‘rish uchun “Surxondaryosuvta’minoti” MChJ Sherobod tuman bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3