AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH BO‘YICHA HISOBOTLARNI ESHITISH TARTIBI BELGILANMOQDA
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 35-sessiyasida aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, mas’ul rahbarlarning hisobdorligini kuchaytirish hamda fuqarolar muammolarini tizimli hal etishga qaratilgan “Aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha axborot va hisobotlarni eshitish tartibi” ishlab chiqildi.
📑 Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PF-51-son Farmoni hamda Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-54-V-son qarorida belgilangan vazifalar asosida ishlab chiqilgan.
🔎 Tartibda quyidagi muhim yo‘nalishlar nazarda tutilgan:
🤩 Xalq qabulxonasining aholi murojaatlari bilan ishlash holati to‘g‘risidagi axborotini har chorakda ko‘rib chiqish.
🤩 Tuman hokimi hamda korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hisobotlarini Kengash sessiyalarida eshitish.
🤩 Kelib tushgan murojaatlarni hududlar va sohalar kesimida tahlil qilish, takroriy murojaatlar hamda tizimli muammolar sabablarini aniqlash.
🤩 Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari, ularning qanoatlantirilishi va fuqarolar muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni baholash.
🤩 Zarur hollarda ishchi guruhlar tuzish, joylarda qo‘shimcha o‘rganishlar o‘tkazish hamda mas’ul rahbarlardan asoslantirilgan hisobotlarni talab qilish.
✅ Hisobotlar yakunlari bo‘yicha Kengash qarorlarini qabul qilish, aniq vazifalar va ijro muddatlarini belgilash hamda qarorlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish.
✍️ Asosiy maqsad — aholi murojaatlarini shunchaki statistik ma’lumot sifatida emas, balki hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etishning muhim vositasi sifatida ko‘rib chiqish, rahbarlarning mas’uliyatini oshirish hamda xalq vakillik organining nazorat faoliyatini kuchaytirish.
📌 Tartibga muvofiq, tuman hokimining hisoboti har chorakda Kengash sessiyasida eshitilishi shart. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz!