Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 24 ta muhim masala yuzasidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi 7-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.
Jumladan, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 11-“Guliston” saylov okrugidan saylangan deputati Mamatmuratov Azamat Karamatovich tomonidan “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan soliq inspektorining ish faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida soliq inspektori tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan vazifalar ijrosi hamda erishilgan natijalar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, mahallada soliq qonunchiligi talablariga rioya etilishi, soliq tushumlarini ta’minlash va aholi hamda tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar o‘rganildi.
Mazkur deputatlik nazorati tadbiridan ko‘zlangan asosiy maqsad — belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda soliq inspektori faoliyati samaradorligini oshirishga ko‘maklashishdan iborat.
Deputatlik nazorati — belgilangan vazifalar ijrosi va hududlar rivojiga xizmat qiladi!
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz