Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
51-SONLI MAKTABDA TA’LIM SIFATI MAHALLA BILAN HAMKORLIK MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA AHOLIGA BIRLAMCHI TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH VA PROFILAKTIK KO‘RIKLARNI TASHKIL ETISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
SHAYXONTOHUR TUMANIDAGI “KATTA OQTEPA” MAHALLASIDA INFRATUZILMANI YAXSHILASH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA TIBBIY XIZMATLAR SIFATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
“SHAROF RASHIDOV” MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI TA’MIRLANDI VA YO‘L BELGILARI O‘RNATILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI MARKAZIY KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
ABAY MEROSI — O‘ZBEK VA QOZOQ XALQLARI DO‘STLIGINING MA’NAVIY KO‘PRIGI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDAGI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASIDA TIBBIY XIZMAT SIFATI VA KADRLAR TA’MINOTI YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA KASALLIKLARNI ERTA ANIQLASH VA PROFILAKTIK TIBBIY KO‘RIKLAR QAMROVI YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Oylik_Ish_reja_ijrosi
19¹-modda
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI


👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 16-Katta hayot–Do‘stlik saylov okrugi deputati T. Mirzayev tomonidan fuqarolarning tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash masalasiga e’tibor qaratildi.

🔎 Jumladan, “Katta hayot” va “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida istiqomat qiluvchi I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy xizmat ko‘rsatish, ularning salomatligini muntazam nazorat qilib borish hamda uy sharoitida tibbiy yordam ko‘rsatish holatini o‘rganish zarurati yuzasidan tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.

📄 Mazkur masalalarni atroflicha o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli amaliy choralar ko‘rish maqsadida Sherobod tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i X.Muxamadiyev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

🤝 Asosiy maqsad — nogironligi bo‘lgan shaxslarning tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash, ularning salomatligini muhofaza qilish va zarur tibbiy yordamni o‘z vaqtida olishlariga ko‘maklashish.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3