Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI XABIBULLA AKILOV 2026-YILNING UCHINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
51-SONLI MAKTABDA TA’LIM SIFATI MAHALLA BILAN HAMKORLIK MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA AHOLIGA BIRLAMCHI TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH VA PROFILAKTIK KO‘RIKLARNI TASHKIL ETISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
SHAYXONTOHUR TUMANIDAGI “KATTA OQTEPA” MAHALLASIDA INFRATUZILMANI YAXSHILASH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA TIBBIY XIZMATLAR SIFATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
“SHAROF RASHIDOV” MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI TA’MIRLANDI VA YO‘L BELGILARI O‘RNATILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI MARKAZIY KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
ABAY MEROSI — O‘ZBEK VA QOZOQ XALQLARI DO‘STLIGINING MA’NAVIY KO‘PRIGI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDAGI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASIDA TIBBIY XIZMAT SIFATI VA KADRLAR TA’MINOTI YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
Kengash_faoliyati

#yoshlar_maslahat_guruhi
#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

"Obod yurt" mahallasida O‘RQ-406 Qonun ijrosi va Yoshlar yetakchisi faoliyati tahlil qilindi!

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, zamonaviy kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish borasidagi ishlar Bandixon tumani Kengashi deputatlari tomonidan izchil nazorat qilib borilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov  Kengashning 12-"Obod yurt" saylov okrugi deputati N.Allamuratova okrugiga qarashli “Obod yurt” mahallasida bo‘lib, mahalladagi Yoshlar yetakchisining bugungi kundagi faoliyatini tahliliy ko‘rib chiqdi.

✅O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi, yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini aniqlash va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.

✅O‘rganish yakunida mahalladagi yoshlar bilan “xonadonbay” ishlash tizimini yanada kuchaytirish, “Yoshlar daftari” imkoniyatlaridan samarali foydalanish, band bo‘lmagan yoshlarni kasb-hunar va daromadli mehnatga jalb etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Deputatlik nazorati — muammoni aniqlash, natijani ko‘rish va amaliy yechimga erishish demakdir.

Slide 1 of 1