Yangi davr mahallasida piyodalar yo‘lakchasi qurilishi o‘rganildi
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati N.Soatov hamda Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati N.Turdiyevlar tomonidan Yangi davr mahallasi Yoshlar ko‘chasida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishildi.
O‘rganish davomida ko‘chada 930 metr uzunlikdagi piyodalar yo‘lakchasini qurish ishlari ko‘zdan kechirilib, amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishildi.
Mazkur yo‘lakcha aholining, ayniqsa, piyodalarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash hamda hudud infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi.