QONUN IJROSI YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
📍 Tuman Kengashi deputati F. Seydabdullayeva tuman Mahallalar uyushmasi rahbari v.b. O. Djabbarov bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazdi.
💬 Suhbat davomida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquq va vakolatlari, mahalla faoliyatini samarali tashkil etish hamda aholi bilan ishlashda qonun talablariga rioya qilish masalalari muhokama qilindi.
🤝 Shuningdek, mahallalarda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish va mahalla hamda mas’ul tashkilotlar hamkorligini mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.
📌 Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi — xalq manfaatlari yo‘lida!