XONADONMA-XONADON YURIB, FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
✅ Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Sulaymonova tomonidan Yangiobod mahallasida fuqarolar bilan bevosita muloqot tashkil etildi.
🏠 Deputat mahalla hududida xonadonma-xonadon yurib, fuqarolarning yashash sharoitlari bilan tanishdi, ularning murojaatlari, taklif va muammolarini o‘rgandi.
✏️ Muloqot davomida bildirilgan murojaatlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni hal etish choralarini belgilashga alohida e’tibor qaratildi.
🤩 Deputatning xalq bilan bevosita muloqoti — fuqarolar muammolarini joyida aniqlash va ularning yechimiga erishishning muhim omilidir.