"TASHABBUSLI BYUDJET" LOYIHALARI AMALDA
✅Tumanimizda mahallalarni obodonlashtirish va aholi turmush tarzini yaxshilash borasidagi rejali ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib borayotir.
✅Jumladan, turli loyihalar asosida ichki yo‘llar ravon holga keltirilib, birma-bir taʼmirlanyapti.
📍Xususan, Qo'shchinor mahallasida ham tashabbusli byudjet loyihasi asosida ichki yo‘llarda asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda.
🔎Hozirda mazkur mahalla ichki yo‘llarining 2,5 kilometrga yaqin qismiga,1,6 milliard so‘m mablag‘ evaziga asfalt yotqizilib, loyiha bo‘yicha ishlar yakunlandi.
✅Endi ushbu mahallalar aholisi yanada tekis va ravon yo‘llarda harakatlanadi.