Oilaviy tadbirkorlik sari ilk qadam
“Naymanko‘l” OFYda aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirishga qaratilgan o‘rganishlar yangi manzilda davom etdi.
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich tomonidan ijtimoiy reestrda turgan fuqaro S.B.ning tadbirkorlik faoliyatini boshlash imkoniyatlari o‘rganildi.
📌 Fuqaroning oziq-ovqat do‘koni ochib, savdo-sotiq bilan shug‘ullanishi uchun mini-loyiha ishlab chiqilib, 50 million so‘m kredit olishiga ko‘maklashilgani qayd etildi.
🤝 Mazkur tashabbus fuqaroni tadbirkorlikka yo‘naltirish, bandligini ta’minlash va oilasi uchun barqaror daromad manbaini yaratish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan.