Saylovga oid rejalar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich tuman saylov komissiyasi raisi M.Mirzambetov bilan uchrashib, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan fikr almashdi.
Suhbat davomida rejalashtirilgan vazifalar, ularni amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy masalalar hamda hamkorlikda olib boriladigan ishlar muhokama qilindi.
🤝 Uchrashuv kelgusidagi vazifalarni o‘zaro kelishib olish va ishlarni izchil tashkil etishga qaratildi.