Mahallalarda ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish tizimini takomillashtirish, aholi muammolarini o'z vaqtida hal etish va adolatni ta'minlash bugungi kundagi ustuvor vazifalardan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni talablari ijrosini ta’minlash maqsadida Olmaliq shahar "Ko'rpasoy" mahallasida ijtimoiy xodimning faoliyati Kotibiyat mudiri Sevar Qodirovaning kunlik rejasida asosan o‘rganib chiqildi.
🔍 O'rganish jarayonidan asosiy tafsilotlar:
🔹Farmon talablari ijrosi: Ijtimoiy xodimning o'ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish darajasi, aholi bilan ishlash tizimi va ko'rsatilayotgan xizmatlarning sifati qat'iy tahlil qilindi.
🔹Fuqaro murojaati bilan ishlash: O‘rganish davomida mahalliy aholidan kelib tushgan murojaat yuzasidan fuqaro bilan bevosita ochiq suhbat tashkil etildi.
🔹Muammoning yechimi: Murojaatdagi masalalar atroflicha muhokama qilinib, qonunchilik doirasida tegishli tavsiyalar berildi va ijobiy hal etish choralari belgilandi.
Asosiy maqsad — har bir fuqaroning dardu tashvishini eshitish, ijtimoiy adolatni qaror toptirish va aholining davlat idoralariga bo'lgan ishonchini yanada mustahkamlashdir.
Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarning manzilli yetib borishini ta'minlash yo'lidagi bu kabi nazorat va muloqotlar davom etadi!