Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich tomonidan «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-641, 15.10.2020) ijrosini nazorat qilish doirasida Taxiatosh tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan belgilangan imtiyozlarning amalda qo‘llanilishi, ulardan foydalanish imkoniyatlari hamda bu borada mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qildi.
💬 Markaz mas’ullari bilan suhbat jarayonida mavjud masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglanib, qonunchilik talablariga rioya etish va belgilangan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash bo‘yicha tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.