Odob-axloq qoidalari maqsadlari uchun quyidagi shaxslar deputatga aloqador shaxslar deb e’tirof etiladi:
deputatning yaqin qarindoshlari;
deputat va (yoki) uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyalariga yoki ulushlariga egalik qilsa, o‘sha yuridik shaxs;
deputat yoxud uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsda boshqaruv organining rahbari yoki a’zosi bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxs.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 14-avgustdagi KQ-379-V-son Qarori.