Aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish, fuqarolar murojaatlariga yechim topish va mahallalar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengashning 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova “Bo‘ston” mahallasi Qirqiz ko‘chasida ichki yo‘llarning holati hamda ularni asfaltlash masalasi o‘rganildi.
O‘rganish davomida ko‘chada yo‘l qoplamasini yaxshilash, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish masalasiga e’tibor qaratildi. Mazkur masala aholi murojaatlari va hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan vazifalar doirasida deputatlik nazoratiga olindi.