📍 Manzil: Taraqqiyot mahallasi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari I. Masharipov va M. Kariyev tomonidan Taraqqiyot mahallasida joylashgan 22-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 2026–2027-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida:
Bino va xonalarning isitish tizimi;
Qish mavsumida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar;
Energiya resurslaridan oqilona foydalanish;
Mavsumga tayyorgarlik ishlari holatiga e’tibor qaratildi.
🎯 Maqsad: sovuq kunlarda tarbiyalanuvchilar uchun qulay, xavfsiz va issiq muhitni ta’minlash hamda ta’lim-tarbiya jarayonining uzluksizligini ta’minlash.
Deputatlik nazorati — sifatli ta’lim va bolalar manfaatlari yo‘lida!