#162_ta_Qonun
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Kotibiyat_mudir_ish_rejasi
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
🟢 PREZIDENT FARMONI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov tomonidan Sherobod tuman tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–193-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
📌 O‘rganish davomida tibbiyot birlashmasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazilib, Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va bu yo‘nalishda tayyorlangan hisobotlar ko‘rib chiqildi.
📝 Shuningdek, belgilangan vazifalarning bajarilish holati, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar hamda ijro intizomini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi. Muloqot davomida mavjud holatni tahlil qilish, belgilangan vazifalar ijrosini tizimli ravishda nazorat qilish va ish samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
✅ Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mas’ul tashkilotlar faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishdan iborat.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube