HUDUDLARDAGI BANKOMATLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
📌 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Kilichov hududlarda o‘rnatilgan bankomatlarning ishlash holati va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan tanishdi.
🌐 O‘rganish davomida bankomatlarning uzluksiz ishlashi, aholi uchun qulayligi hamda bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
💸 Bankomatlarning barqaror ishlashi, naqd pul olish va boshqa bank xizmatlaridan foydalanishda fuqarolarga qulay sharoit yaratish muhim ahamiyatga ega.
👍 Deputatlik nazorati doirasida aholi kundalik hayotiga taalluqli masalalarni o‘rganish va mavjud muammolarni aniqlash ishlari davom ettiriladi.