“DEPUTAT DAFTARI”: SESSIYADA AJRATILGAN MABLAG‘LAR IJROSI O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati O‘. Shukurov 2026-yil 15-oktabr kuni “Deputat daftari”ga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot kiritdi.
🦁 Deputat tomonidan biriktirilgan xalq ta’limi tashkilotida Kengash sessiyasida ajratilgan mablag‘larning ijro holati o‘rganildi.
📊 O‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — ajratilgan mablag‘larning belgilangan maqsadlar yo‘lida sarflanishi, mablag‘lar ijrosi holati va amalga oshirilayotgan ishlarni deputatlik nazorati doirasida tahlil qilishdan iborat.
👍 Ajratilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doimiy e’tiborda bo‘ladi.