SESSIYA KUN TARTIBI VA ISH TARTIBI BIR OVOZDAN TASDIQLANDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga 10 ta masala kiritildi.
✅Sessiya ishini samarali va tartibli tashkil etish, muhokamalarni belgilangan vaqt doirasida olib borish maqsadida ma’ruzachilar uchun 10 daqiqa, so‘zga chiquvchilar uchun esa 5 daqiqa vaqt ajratish taklif etildi.
Shuningdek, sessiya ishini taxminan 1 soat davomida yakunlash taklifi bildirildi.
✅Kun tartibi va sessiya ish tartibini tasdiqlash bo‘yicha ovoz berish jarayonida deputatlar mazkur taklifni qo‘llab-quvvatladilar. Qarshi va betaraf ovozlar bo‘lmadi.
🤩 Natijada sessiya kun tartibi va ish tartibi deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.