#haftalik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
❗️Bog‘ishamol mahallasida tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari K. Mamanova, D.Do‘squlova hamda Q.Nishonov Bog‘ishamol mahallasida faoliyat yuritayotgan oilaviy tikuvchilik tadbirkorlari huzurida bo‘lib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida tikuvchilik jarayonlari, yaratilgan sharoitlar, ishlab chiqarish imkoniyatlari hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tadbirkorlar bilan suhbat davomida ularning taklif va muammolari tinglanib, oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.