Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati S. Erjanova “Orzu” mahallasida joylashgan 28-sonli oilaviy poliklinikada aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi. O‘rganish davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar hamda tibbiy yordamning o‘z vaqtida ko‘rsatilishi holatiga e’tibor qaratildi.
O‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va mavjud muammolarni aniqlashdan iborat.