DEPUTATLIK NAZORATI: “JIYDALI” MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 1-"Shifokorlar" saylov okrugi deputati, tuman hokimi Kudratilla Tulyaganov hamda xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva ishtirokida “Jiydali” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot va mavjud muammolarni o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
🔹 Tadbir avvalida “mahalla yettiligi” vakillarining hisoboti tinglanib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholining bandligini ta’minlash, ijtimoiy masalalarni hal etish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish borasidagi faoliyat muhokama qilindi.
🔹 Muloqotda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari, ijro hokimiyati mas’ullari, kommunal soha rahbarlari va mahalla faollari ishtirok etdi. Fuqarolar qabuli davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
🔹 Tadbir doirasida hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda murojaatlar ijrosini nazoratga olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — aholi murojaatlariga e’tibor qaratish, mavjud muammolarni manzilli o‘rganish va ularning qonuniy yechimini ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.
👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!