#Okrugda_organish
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati M.Kazakova tomonidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
O‘rganish davomida aholini doimiy va vaqtincha ish bilan ta’minlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish va qayta tayyorlash, shuningdek, kam daromadli oilalar a’zolarini bandlikka jalb etish borasidagi ishlarning samaradorligiga e’tibor qaratildi.
Mazkur yo‘nalishda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, fuqarolarning munosib ish topishiga ko‘maklashish hamda bandlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning natijadorligini oshirish muhim vazifa hisoblanadi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|