Bog‘lar holati o‘rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati K.Djumanazarova tomonidan Fayzobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan bog‘larning holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida bog‘larning bugungi kundagi holati, hududlarni obodonlashtirish, yashil maydonlarni saqlash va parvarishlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mavjud kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda bog‘lar hududini yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!