Mazkur o‘rganishda Kengash Kotibiyati mudiri M.Xujanov hamda bosh mutaxassislar A.Esanov va I.Roziqov ishtirok etdilar.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son va PQ-2-son qarorlari ijrosini ta’minlash doirasida tumanda jinoyatchilikning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida 2026-yilning o‘tgan sakkiz oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli hujjatlar atroflicha tahlil qilindi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlanib, ular Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritiladi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz