Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati J.Yoqubov tomonidan Sarmich mahallasida joylashgan 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida tashkilotdagi ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, guruh xonalarining holati, mavjud jihozlar, bolalarning kun tartibi hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, maktab ta’limiga puxta tayyorlash borasida pedagog va tarbiyachilar tomonidan olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Muassasaning moddiy-texnik bazasi, oshxona va boshqa yordamchi xonalarning holati ham ko‘rib chiqilib, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.