Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TOSHKENT SHAHRIDAGI YIRIK BOZORLAR VA SAVDO MAJMUALARIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
180-SONLI MAKTABDA O‘QUVCHILARNING SOG‘LOM OVQATLANISHI VA SANITARIYA-GIGIYENA SHAROITLARI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA YONG‘INLAR SONI VA ULARNING OQIBATIDA YETKAZILGAN MODDIY ZARARNI KAMAYTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA JAMOAT TRANSPORTI VA AVTOMOBIL YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILADI
янв.21
“XURSHID” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI VA AHOLI BILAN ISHLASH TIZIMI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“NAVRO‘Z DEHQON BOZORI”DA XAVFSIZLIK CHORALARI O‘RGANILIB, O‘RGANISH ISHLARI YAKUNLANDI
янв.21
YEROSTI YONG‘IN GIDRANTLARINING TEXNIK HOLATI VA SUV TA’MINOTI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
QORASUV-6 DAHASIDAGI KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI VA YONG‘IN XAVFSIZLIGI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“YANGI AVAYXON” MAHALLASIDA FAVQULODDA VAZIYATLAR PROFILAKTIKASI VA MAHALLA “YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
POYTAXTDA ISSIQLIK TA’MINOTI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
DEPUTAT SO‘ROVI INOBATGA OLINIB, YO‘LLARNI TA’MIRLASH UCHUN MABLAG‘ YO‘NALTIRILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining III-24-84-14-204-K/26-sonli qarori bilan Chilonzor tumani mahalliy budjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni xarajatlarga yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi.
📍 Mablag‘ yo‘naltirilayotgan hudud: 1-Beshyog‘och saylov okrugi, Katta Omlazor mahallasi, 14-8/2-15-15/1-uylar atrofi.
👤 Mas’ul deputat: Fayzullayeva Malika Yarkunovna.
💰 Ajratilishi belgilangan mablag‘: 50 000,0 ming so‘m (50 million so‘m).
Mazkur mablag‘lar mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay sharoit yaratish, shuningdek, deputatlar tomonidan bildirilgan murojaat va so‘rovlarda ko‘tarilgan muammolarni inobatga olgan holda yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash ishlariga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu mablag‘larning shakllanish manbalaridan biri 2026-yil II choragida dehqon bozorlari, ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlaridan tushgan soliq tushumlari hisoblanadi.
Maqsad — mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va fuqarolarni qiynayotgan yo‘l muammolariga yechim topish.