Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLARNING TAKLIF VA TASHABBUSLARI TINGLANDI
янв.21
YASHNOBOD TUMANIDAGI “KATTA QO‘YLIQ” MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLARNING KOMMUNAL HOLATI VA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
YASHNOBOD TUMANIDAGI “QO‘YLIQOBOD” MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI TIZIMINI YAXSHILASH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
YASHNOBOD TUMANIDAGI “YANGI DAVR” MAHALLASIDA KOMMUNAL SOHANI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN O‘RGANISHLAR O‘TKAZILDI
янв.21
YASHNOBOD TUMANIDAGI “MOHIRLAR” MAHALLASIDA KOMMUNAL SOHAGA OID MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
YASHNOBOD TUMANIDAGI “TASHISTI” MAHALLASIDA ELEKTR, GAZ VA KO‘CHA YORITISH TIZIMLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
OLMAZOR TUMANIDAGI 242-SONLI MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA PREZIDENT FARMONI IJROSI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
“DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI”: TALABALARGA DEPUTATLIK FAOLIYATI VA MAHALLIY KENGASHLAR ISHI HAQIDA MA’LUMOT BERILDI
янв.21
Suhrob Saifnazarovning "Aholi murojaati - amaliy natijga aylanishi kerak!" mavzusidagi maqolasi bilan tanishing.
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDAGI YIRIK BOZORLAR VA SAVDO MAJMUALARIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi

#Murojaatlar_daftari #kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #nazorat_tahlil #deputat_okrugida

«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 6-Xomkon saylov okrugidan saylangan deputat U. Yangiboyev o‘z saylov okrugida deputatlik faoliyatini olib borish, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish hamda ularni qiynab kelayotgan muammolarni joyida o‘rganish maqsadida «Xomkon» mahallasida bo‘ldi.

O‘rganish jarayonida deputat U. Yangiboyev tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov bilan birgalikda mahalla raisi, nuroniylar, ko‘chaboshilar hamda fuqarolar bilan uchrashib, mahalladagi mavjud ijtimoiy va infratuzilmaviy masalalarni ko‘cha va xonadonma-xonadon yurib o‘rgandilar. Fuqarolar bilan suhbat davomida ularning taklif va murojaatlari tinglanib, muammolarning kelib chiqish sabablari hamda ularni hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Xususan, mahallaning «Baxshi» ko‘chasining jami 1500 metr qismini asfaltlash zarurligi fuqarolar tomonidan asosiy muammolardan biri sifatida bildirildi. Mazkur ko‘chadagi yo‘l holati, ayniqsa, kuz-qish mavsumida aholining erkin harakatlanishi, transport vositalarining qatnovi va xonadonlarga kirib-chiqishida qiyinchiliklar keltirib chiqarayotgani qayd etildi.

Shuningdek, «Baxshi» ko‘chasida istiqomat qiluvchi 169 ta xonadon foydalanib kelayotgan beton ariqlarning eskirib, yaroqsiz holga kelgani ham o‘rganildi. Mavjud ariqlarning ayrim qismlarida suvning me’yorida oqib o‘tmasligi natijasida 67 ta xonadonning tomorqa yerlariga zarar yetayotgani yuzasidan fuqarolar tomonidan murojaatlar bildirildi.

Joyiga chiqib o‘rganish davomida aniqlangan muammolar, fuqarolarning taklif va murojaatlari deputatning Murojaatlar daftariga qayd etildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish hamda ularning ko‘rib chiqilishi va amaliy natijasi haqida ma’lumot olish choralari ko‘riladi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning ijobiy hal etilishi, ayniqsa, yo‘l va sug‘orish-drenaj infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalarning yechimi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4